16 yoshli oʻzbekistonlik qiz nemis tili boʻyicha Butunjahon olimpiadasi gʻolibi boʻldi

Saqlash
14:56 / 23.07.2024 909 0

15–22-iyul kunlari Germaniyaning Gyottingen shahrida oʻtkazilgan nemis tili boʻyicha Butunjahon olimpiadasi gʻoliblari eʼlon qilindi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 1-oʻrinni 3 nafar oʻquvchi egallagan. Ular:

▪️ oʻzbekistonlik Rayona Ibrohimova;

▪️ bangladeshlik Mahek Xon;

▪️ makedoniyalik Ana Kotevska.

 

Shuningdek, bellashuvning kumush va bronza medallari Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Buyuk Britaniyadan kelgan maktab oʻquvchilariga nasib qilgan.

 

Bellashuvlarda hakamlar hayʼati nafaqat nemis tilini bilish darajasini, balki ijodkorlik, shuningdek, jamoada ishlash qobiliyatini ham baholagan.

 

Xabarda yozilishicha, 16 yoshli Rayona Ibrohimova kelgusida Germaniyadagi universitetlardan birida nemisshunoslik yoʻnalishida tahsil olish va kelajakda tarjimonlik bilan shugʻullanishni rejalashtirgan.

 

Maʼlumot uchun, olimpiadada 62 ta davlatdan kelgan 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan.

 

Nemis tili boʻyicha Butunjahon olimpiadasi har ikki yilda bir marta Germaniya shaharlaridan birida oʻtkaziladi. Tashkilotchi – Gyote Instituti.

 

Tadbirdan koʻzlagan maqsad Germaniyadan tashqaridagi maktablarda nemis tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishni oshirishdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//