Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, marhumlar xotirasiga ehtirom koʻrsatdi.
Bu yerda Koreya mustaqilligi uchun kurashgan hamda urushlarda halok boʻlgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qoʻshgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan. Shu bois u tabarruk qadamjo sifatida eʼzozlanadi. Xorijiy davlatlar rahbarlarining bu yerga kelishi koreys xalqiga hurmat ifodasi hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida mazkur qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qoʻydi va esdalik bitigi qoldirdi. Bu bitik majmua muzeyidan joy oladi.
Davlatimiz rahbari Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111023
Jamiyat
94507
Jamiyat
90444
Jamiyat
74484
Jamiyat
//
Izoh yo‘q