Sport
16 dekabr kuni Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida -109 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston nomidan so‘nggi ikki Olimpiadaning chempion va rekordchilari Ruslan Nuriddinov hamda Akbar Jo‘raev ishtirok etdi.
Dast ko‘tarish bo‘yicha Ruslan Nuriddinov uchta urinishdan bittasini ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi va 185 kg bilan jahon chempionatining kichik bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Tokio Olimpiadasi chempioni Akbar Jo‘raev uchala urinishda ham muvaffaqiyatga erishib, 195 kg natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Kumush medal esa Jo‘raevga Tokio Olimpiadasida oltin medal uchun raqiblik qilgan armanistonlik Simon Martirosyanga nasib etdi - u 188 kg natija qayd etdi.
Dast ko‘tarish bo‘yicha eng yaxshi natija egalari:
Akbar Jo‘raev bir taqvim yilida ham Olimpiada, ham jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Bu esa tarixiy rekord hisoblanadi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q