Tunda yorqin chiroq ostida uxlash qandli diabetni keltirib chiqaradi

Saqlash
20:30 / 09.07.2024 506 0

Tunda chiroqning yorqin nuridan saqlanish 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi.

 

Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari oʻtkazgan tadqiqotiga tayanib, shunday maʼlumot berdi.

 

Mutaxassislar 85 ming nafar ishtirokchining maʼlumotlarini tahlil qilarkan, bunda yorugʻlik sensorlari orqali qayd etib borilgan 13 million soatlik maxsus yozuvlar oʻrgangan.

 

Yaʼni, bunda tadqiqotchilar diabetning 2-turi bilan ogʻrimagan koʻngillilarning bilagiga maxsus qurilma taqishgan va ularni 9 yil davomida kuzatishgan.

 

Maʼlum boʻlishicha, yorugʻlik taʼsiri va 2-tur qandli diabetning rivojlanish xavfi oʻrtasida sezilarli bogʻliqlik mavjud. Tahlillar ana shunday xulosaga olib kelgan.

 

Aniqlanishicha, tunda yorqin chiroq nuri insulin sekretsiyasi va glyukoza metabolizmiga taʼsir qiladi.

 

Tadqiqotchilarning “The Lancet Regional Health — Europe” tibbiy jurnalida eʼlon qilingan xulosasiga koʻra, eng yuqori xavf darajasi tungi 00:30 dan tonggi 06:00 gacha kuzatiladi. Biroq kunduzgi yorugʻlik salomatlik uchun ziyon yetkazmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//