
Jamiyat
Senat raisi Tanzila Norboeva palataning 16 dekabr kungi yalpi majlisida hisob bergan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevni G‘afur G‘ulom bog‘i xususida savolga tutdi.
“Odamlar hozir bizdan so‘rayapti: G‘afur G‘ulom bog‘idagi obodonlashtirish ishlari qay ahvolda, u yerda nima bo‘lyapti?” – dedi Norboeva.
Jahongir Ortiqxo‘jaev bog‘ investorga berilgani, lekin u o‘ziga qo‘yilgan vazifalarni bajarmayotganini bildirdi.
“G‘afur G‘ulom bog‘i investorga berilgan. Prezidentga taqdim etgan loyihasi bo‘yicha 2 yil davomida hech qanday daraxtga tegmasdan, plyaj zonalarini asl holicha qoldirish, uni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha yangi atraksionlarni qo‘yishi aytilgandi. Biroq tadbirkorimiz 1 yildan oshdiki, haligacha o‘ziga qo‘yilgan vazifalarini bajarmadi. Buni qayta ko‘rib chiqamiz”, – dedi Toshkent shahar hokimi.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q