“Alisher Navoiy” hujjatli filmi namoyish etildi

Saqlash
12:09 / 16.12.2021 1042 0

Kecha, 15-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Alisher Navoiy” hujjatli filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur namoyish Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Milliy kinematografiya — Yangi O‘zbekiston timsoli" kino oyligi doirasida o‘tkazildi. Hujjatli film o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk namoyondasi Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida suratga olingan. Davlat rahbari tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida qad ko‘targan 24 adib haqidagi “Xalq yuragi” turkum filmlardan biri.

 

Ssenariy muallifi va kinokartinada boshlovchi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi-rassom Shahzod Muhammadiyev, rejissyor Muattar Mirredjabova, montaj ustasi Zuhriddin Asamov, ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev.

 

Kino oylik doirasida shuningdek, Bobur, Ogahiy, Cho‘lpon, Gʻafur Gʻulom, Zulfiya, Said Ahmad, Muhammad Yusuf, Oybek va boshqa adiblar haqidagi filmlarning namoyishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//