Jamiyat
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Oʻzbekistonda rasman cheklangan TikTok ijtimoiy tarmogʻi vitse-prezidenti, doktor Teo Bertram va kompaniyaning masʼul xodimlari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Allamjonovning oʻzi Telegramʻdagi kanalida xabar qildi.
Komil Allamjonovning aytishicha, “TikTok zararli boʻlsa, uni foydali resursga aylantirish lozim. Shunga oʻxshash kompaniyalar faoliyatini cheklash emas, balki ular bilan yaqindan muloqot, hamkorlik oʻrnatgan holda ishlash hamma uchun koʻproq manfaatli va toʻgʻriroq boʻladi”.
Qayd etilishicha, uchrashuvda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Allamjonov kompaniya vakillariga tarmoqning ichki normalari va ayrim tartib-qoidalarini koʻrib chiqish, uni Oʻzbekiston qadriyatlari, urf-odat va mentalitetiga moslash boʻyicha takliflar bergan.
“Ular tomonidan bu taklif, albatta, inobatga olinishi, bu borada hamkorlikka, shuningdek, ilovaga oʻzbek tilini ham kiritishga tayyor ekani maʼlum qilindi”, — deya taʼkidlagan Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi.
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q