Qiymati 50 000 va 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari muomalaga chiqariladi

Saqlash
19:53 / 15.12.2021 938 0

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2021-yilning 22-dekabridan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini ma’lum qildi.

 

Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakatimiz hududidagi Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shuni alohida qayd etadiki, muomalaga chiqarilayotgan yangi ko‘rinishdagi qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan  2017-yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 2019-yil namunasidagi 100 000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//