Jamiyat
Bugun, 19-mart kuni Prezident maktab taʼlimi sifati va pedagoglar malakasini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Maʼlum boʻlishicha, taqdimotda maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar koʻpayishini doimiy ragʻbatlantirish zarurligi taʼkidlangan.
Xususan, 2025-yilning sentyabridan oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirilgan.
Bundan tashqari, attestatsiyadan oʻtolmagan, tajribasi yetarli boʻlmagan oʻqituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.
Shu maqsad bilan Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bogʻcha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi. Bunda malaka oshirish markazlari hamda pedagogika kollejlari imkoniyatlaridan toʻla foydalaniladi.
Jumladan, endi hududlardagi 11 ta pedagogika kolleji Malaka oshirish markazlari tasarrufiga oʻtkaziladi va xorijdan trenerlar jalb etiladi.
Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bogʻcha va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi tashkil qilinadi.
Baholash tizimi ham yanada ommalashtiriladi. Yaʼni, yangi oʻquv yilidan yana 1 mingta maktabda baholash tizimi qoʻllana boshlaydi. Ularga 182 ta ixtisoslashgan hamda 500 ta tajribadan oʻtgan maktab biriktiriladi.
270 ta maktab interaktiv doska, 365 tasi kompyuter sinflari bilan jihozlanadi.
Taqdimotda Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish taklifi ham muhokama qilingan. Yangilangan institutga “mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuchaytirish, ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, jadidlarning tarbiyaviy qarashlarini ilmiy tadqiq etish kabi vazifalar qoʻyiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q