Ota-onalarning qariyb 98 foizi farzandining kim boʻlishi bilan qiziqmoqda

Saqlash
17:26 / 12.06.2024 387 0

Oʻzbekistondagi oilalarda bola kelajagiga berilayotgan eʼtibor boʻyicha tadqiqot oʻtkazildi.

 

Unda 3602 nafar respondent ishtirok etgan boʻlib, ularning 64,5 foizi qiz farzandning ota-onalaridir.

 

Respondentlarning 73 foizini ayollar (onalar), 25 foizini erkaklar (otalar) hisoblanadi. Oʻrtacha yosh esa 43 ni tashkil qiladi.

 

Soʻrovda qatnashganlarning 40 foizi oliy, 37 foizi oʻrta maxsus va 23 foizi oʻrta maʼlumotga ega.

 

Soʻrov natijasida ota-onalarning 94,6 foizi farzandi kelajagi haqida oʻzaro gaplashishib turishi, 13,9 foizining fikrlari esa bir xil emasligi maʼlum boʻlgan.

 

Ota-onalarning 97,8 foizi farzandi bilan uning boʻlajak kasbi va qiziqishlari toʻgʻrisida suhbatlashishini, 2,2 foizi esa bu haqida umuman suhbatlashmasligini bildirgan.

 

Soʻrov natijalariga koʻra, yoshlarning 20,7 foizi shifokor, 18,2 foizi oʻqituvchi, 15,0 foizi jurnalist, 10,5 foizi iqtisodchi, 7,8 foizi IT sohasi mutaxassisi, 5,2 foizi tadbirkor, 5,3 foizi moliyachi va 1 foizi huquqshunos boʻlishni orzu qiladi.

 

Jumladan, qizlar asosan shifokor (24,3 foiz), oʻqituvchi (22,5 foizi), jurnalist (21,1 foiz) va iqtisodchi (7 foizi) boʻlishni istaydi.

 

Oʻgʻil bolalar esa iqtisodchi (17,5 foiz), IT mutaxassisi (14,3 foiz), moliyachi (8,4 foiz), tadbirkor (8,2 foiz) va sportchi (4,4 foiz) boʻlish xohlaydi.

 

Tahlilda yozilishicha, ota-onalarning bor-yoʻgʻi 56 foizi farzandining taʼlim olishdagi yutuqlarini toʻliq qoniqarli, 12,6 foizi esa qoniqarli emas deb baholaydi.

 

Maʼlumot oʻrnida, mazkur respondentlarning katta qismi farzandlarini repetitorga qoʻygan. Yaʼni, bolalarning 75 foizi qoʻshimcha darslarga qatnashadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//