Jamiyat
Soʻkinib gapirish munosabatlarni buzishi bor gap. Endilikda ilmiy tadqiqotlar mazkur odati bor odamlarda fikrlash va harakat qilishda ham nuqsonlar paydo boʻlishiga sabab boʻlishini isbotlamoqda.
Ayrim odamlar soʻkinish bu kuchli emotsiya taʼsiri deb baholashadi. Bu shubhasiz odatdagi soʻzlashuvdan mutlaqo farq qiladi.
Soʻkinish insondagi uxlab yotgan hissiyotlarini qoʻzgʻatib yuboradi. Natijada, inson birdan terlab ketadi yoki yurak urushi tezlashadi. Mazkur oʻzgarishlar tajovuzkorlikni kuchaytirib yuboradi.
Tadqiqotlardan maʼlum boʻladiki, soʻkinish bora-bora insonning miyasida boshqarib boʻlmas funksiyaga aylanib qoladi. Oddiy misol qilinadigan boʻlsa, miyasi lat yegan yoki gapirishida nuqson paydo boʻlgan insonlarda soʻkinish unutilib ketmaydi. Bu esa mazkur tadqiqotning naqadar toʻgʻri ekanligini koʻrsatadi.
Soʻkinishning fikrlashga qanday taʼsir etishiga toʻxtalganda, olimlar quyidagi asosni koʻrsatadi.
Soʻkinish oddiy soʻzlarga qaraganda koʻproq eʼtibor tortadi va yaxshi esda qoladi. Biroq ular boshqa soʻzlarning qayta ishlanishiga ham xalaqit beradi.
*Buni maishiy hayotda ham koʻp kuzatamiz. Masalan, soʻkinish odati bor odam nimanidir izohlamoqchi boʻlsa, topolmay qolgan soʻzini soʻkinish bilan izohlaydi.
Olimlar, shuningdek, turli tillarda soʻkinishni ham tahlil qilgan. Yaʼni, bir xil maʼnodagi soʻkinish turli tillarda ishlatilsa, faqatgina ona tilida aytilganda tahdidli va emotsiyaga boy chiqar ekan.
Shu nuqtai nazardan, soʻkinish bu kishining oʻz hissiyotlariga taalluqli ekanligini koʻrsatadi. Bunda soʻzlar shunchaki oʻsha emotsiyalarni yetkazib beruvchi detal vazifasini bajaradi.
Inson soʻkinish orqali his qilayotgan ogʻrigʻini tanasidan chiqarishga harakat qiladi. Chunki, isbotlanganidek, soʻkinish ogʻriqni kamaytiradi. Ammo bu uning normadagi inson qobigʻidan chiqib ketish holatiga sabab boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q