Jamiyat
Maktab uchun begʻaraz yordam beruvchilar mablagʻni koʻngilli tarzda muassasa hisob-raqamiga oʻtkazishi mumkin. Yaʼni, oʻqituvchi xonani taʼmirlash va yana shunga oʻxshash jarayonlar uchun pul yigʻishi mumkin emas.
Mavjud qonunchilikka koʻra, maktablarni yangi oʻquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash, taʼmirlash va infratuzilmasini yaxshilashga mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
“Maktablarda obuna uchun ham, “remont” uchun ham majburiy pul yigʻish mumkin emas. Vazirlik mahalliy hokimliklarga bu borada topshirilgan vazifalar ijrosini monitoring qilib boradi. Taʼlim maskanlari taʼmiri uchun byudjetdan ajratilayotgan pullar toʻgʻridan- toʻgʻri hokimliklar balansiga borib tushadi”, deydi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, maktablar faoliyatini moliyalashtirish tegishli xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistonda 31 ta tuman va shahar hokimi 2023-yilda maktab “remont”i uchun pul ajratmagan. Respublika miqyosida maktab taʼmiri uchun ajratilgan mahalliy byudjet mablagʻlari esa 135 milliardni tashkil etgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q