Jamiyat
Bektemir tumani xalq deputatlari kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi Tapil Mahamadziyaev «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishiga oid savollarga munosabat bildirgan.
«Food City Bektemir tumani hududida joylashgan, shu tumanga qaraydi — bu bir. Ikkinchidan, u yerda shundoq sharoitlar yaratilganki, bunaqasi, kerak bo‘lsa, o‘zimizning Ecobozorda ham yo‘q. Qo‘yliqda asfaltga o‘tirib sotgandan ko‘ra o‘sha yerda olib borib sotgan ma’qul. Kadastri borlarga, hamma ziyoni davlat tomonidan qoplab beriladi, yuz foiz. Bosqichma-bosqich o‘tiladi”, – deydi Tapil Mahamadziyaev.
Sessiyada shuningdek, «Narx-navolar o‘sib ketmaydimi?» degan savol berilgan. Tuman hokimi 3 oygacha sotuvchidan patent puli olinmasligini aytgan.
“Food City’da katta, 6x4 metrli 4 ta monitor bor, bitta aylantirishi 100 million so‘m. U bozorga qo‘shimcha daromad olib keladi. Biz «foydangni shundan olasan, pattachidan emas, sotuvchiga tegmaysan», deb 3 oy sotuvchilardan patent puli olmaslik sharti bilan kelishdik.
Hokim sifatida emas, bir fuqaro sifatida aytaman: oxirgi paytlar bozorga tushsak, doim bir narsaga turtilib, bir joyga yiqilib, tan jarohati olishimiz aniq-da. O‘zim ham o‘sha joydan bozor qilaman, majburman shunga. Lekin uni bosqichma-bosqich ko‘chirmasak bo‘lmaydi”, – deya qo‘shimcha qilgan hokim.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q