Uy-joy uchun subsidiya olishda bir kunda berilgan ariza yillik normadan ham oshib ketdi

Saqlash
20:29 / 20.05.2024 1668 0

Maʼlumki, uy-joy uchun subsidiya olishda arizalar berish 15-may sanasidan boshlandi.

 

Ochiqlanishicha, oʻsha kuni, soat 18:00 gacha fuqarolardan jami 63 457 ta arizalar kelib tushgan.

 

Shundan:

⏺my.gov.uz portali orqali – 45 839 ta ariza;

⏺Davlat xizmatlari markazlari orqali – 17 618 ta ariza.

 

Maʼlumot uchun, 2024-yil uchun respublika miqyosida 27 mingta subsidiya ajratilishi belgilangan.

 

Shundan 20 mingta subsidiya yangi uy-joy sotib olish uchun, 7 mingta subsidiya yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratiladi.

 

Taʼkidlash lozim, joriy yildan ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini berish tartibi biroz oʻzgardi.

 

Jumladan, subsidiyalar ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi.

 

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun esa subsidiyalar 2024-yildan boshlab 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi.

 

Oldinroq uy-joyga subsidiya olish uchun beriladigan ariza qaysi hollarda rad etilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//