Jamiyat
Ayrim fuqarolar uy-joyga subsidiyaga olish uchun ariza topshiradi, ammo daromadga qoʻyilgan talablar degan joyiga esa eʼtibor qilmaydi. Oqibatda, unga subsidiya berilmaydi va arizasi komissiya tomonidan rad etiladi.
Subsidiya olishda talabgorning yoki oilaning daromadi qancha boʻlishicha haqida yaqinda xabar berilgan edi.
Taʼkidlash lozim, daromad chegarasi subsidiya toʻgʻri odamga berilishi uchun kerak boʻladi. Bu yerda har ikkala tomondan ham nazorat boʻladi.
Yaʼni, birinchi tomondan, ipoteka krediti olmoqchi boʻlgan oila garchi uyga muhtoj boʻlsa-da, kreditni toʻlash qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
Ikkinchi tomondan, daromadi yuqori aholiga subsidiya berilmaydi. Chunki subsidiyasiz ham uy-joy sotib olishga ularning qurbi yetadi.
Xoʻsh, komissiya qaysi hollarda arizani rad etishi mumkin?
Quyida baʼzi sabablar keltirilgan:
▪️ ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olgan oila aʼzolarining takroriy arizasi rad etiladi;
▪️ taqdim etilgan maʼlumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi arizaning rad etilishiga asos boʻladi;
▪️ joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolgan boʻlsa ham ariza qanoatlantirilmaydi;
▪️ oʻrtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi ham subsidiya ajratilmasligiga sabab boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q