Madaniyat
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatining asosiy bosh maqsadi – jamiyat taraqqiyoti uchun lozim boʻlgan barcha sohalarda innovatsion gʻoyalarni joriy qilish edi. Bu bilan jadidlar Turkiston xalqining yashash tarzini oʻzgartirishni, ularning maʼnaviy ongini rivojlantirishni shu bilan birga milliy davlatchilikka ega boʻlishlikni asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan.
Ana shunday jonkuyar jadid bobolarimizdan biri – Gʻoziy Yunus.
Bugundan, yaʼni 17-may kunidan boshlab Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Shahidlar xotirasi jamoat fondi oʻzaro hamkorlikda ilk bor Gʻoziy Yunusning hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Koʻz oching Turon eli” deb nomlangan foto va buyumlar koʻrgazmasini oʻtkazmoqda.
XX asr taraqqiyparvarlik harakatining yirik namoyondasi, shoir, jurnalist, mohir tarjimon va dramaturg Gʻoziy Yunusning hayoti va faoliyati, uning jadidchilik harakati hamda milliy-madaniy merosimizda tutgan oʻrni va ahamiyatini yoritishga bagʻishlangan ushbu koʻrgazmada Respublikaning davlat va jamoat arboblari, taniqli tarixchi, adabiyotshunos olimlar, hamda talaba yoshlarning ishtiroki koʻzda tutilgan.
Maʼlumot uchun, koʻrgazma 10 kun davom etadi.
Manzil: Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi.
Ilm-fan
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q