Jamiyat
Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriy-kurort yoʻllanmalari taqdim etiladi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
yadro poligonlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar;
I va II-guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
yolgʻiz keksalar;
pensionerlar.
Yoʻllanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy boʻlinmalariga topshirilishi lozim:
ariza;
pasport nusxasi;
yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);
tibbiy xulosa.
Yoʻllanmalarni berish davriyligi quyidagicha.
har yili (navbat asosida):
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan
shaxslarga;
yolgʻiz keksalarga;
2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II-guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
sanatoriylarda boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.
Yoʻllanmalar 12 kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q