Jamiyat
Huquqshunosning javobiga koʻra, aslida “qora roʻyxat” mavjud emas. Kredit byuro tomonidan ham qarz oluvchilarning “qora roʻyxat”i yuritilmaydi.
Hozirda ushbu atama baʼzi kredit tashkilotlari tomonidan kredit olish uchun ariza beruvchining kredit tarixi salbiy boʻlgan yoki skoring(scoring) bali past boʻlgan hollarda ularga kredit ajratilishini rad etish uchun ishlatilmoqda.
Qarzdor kredit toʻlovini vaqtida qilib borishi, uning kelgusida ham olishi mumkin boʻlgan qarziga ijobiy taʼsir qiladi. Shu bilan birga, qarzdorlik kechiktirib yuborilsa, fuqaroning skoring bali tushishiga sabab boʻladi.
Shuning uchun qarzdor jarayonda boʻlib turgan qarzini uzish davriyligini kelgusidagi kredit uchun ham vaqtida toʻlab borishi zarur.
Endi “qora roʻyxat”dan chiqishga kelinadigan boʻlsa, unda yechim faqatgina Markaziy bank tomonidan beriladi.
“Siz Markaziy bankka murojaat qilib salbiy kredit tarixingizni toʻgʻrilashda amaliy yordam berishlarini soʻrashingiz kerak”, deyiladi huquqshunos javobida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q