Jahon
Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyev boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Italiyaning markaziy hududi – Umbriyada joylashgan Deruta shahrida bo‘ldi.
Delegasiyani O‘zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov hamda Deruta shahri meri Mikele Toniachchini boshchiligidagi mahalliy ma’muriyat mas’ullari kutib oldilar.
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, turizm va madaniy aloqalarni kengaytirish, jumladan, Rishton va Deruta o‘rtasida birodarlashgan shaharlar munosabatlarini o‘rnatish masalasini muhokama qilinib, anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandumga ko‘ra, Deruta shahri delegasiyasi 2022-yilning mart va sentyabr oylarida yurtimizga tashrif buyuradi.
Shuningdek, Rishton tumanida zamonaviy chinni mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish borasida ham kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, endi Rishtonda chinni mahsulotlar yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi, ularning raqobatbardosh bo‘lishi, eksport geografiyasini kengaytirish eng asosiy maqsad qilib olindi va bu Derutaga tashrifning asosiy mahsuli bo‘lishi ko‘zda tutildi.
Yana bir quvonarli jihat shundaki, Italiyaning eng qadimiy turli davr va uslubda sopoldan yasalgan 5 mingdan ortiq eksponat jamlangan Derutadagi San’at asarlari muzeyidan Rishton kulolligi mahsulotlari uchun maydon ajratib berildi. Muzeyda Rishton kulollik mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q