Madaniyat
“Biz hozirgi keskin sharoitda g‘oyaviy-mafkuraviy sohada raqobatga tayyormizmi? Yosh avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob beryaptimi?.. Agar biz bu yorug‘ dunyoda “o‘zbek”, “O‘zbekiston” degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan bo‘lsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish bo‘yicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz kerak.” Sultonmurod Olimning “Yo‘lni bilmay yurib bo‘lmas” maqolasida bugungi texnika asrida komil shaxslik talabida nimalarga e’tibor qaratish lozim, ortiqcha va zarur “yuk”lar, insonda isloh qilinishi shart bo‘lgan “hudud”lar haqida so‘z borgan. Maqolaning to‘liq matnini “Tafakkur” jurnalining 2024-yil 1-sonida o‘qing.
“Yaqin o‘tmishimizda “Sen Mustaqillikka nima berding?” degan bahsli shior ommaviy psixoz tarzida boshqaruv tizimi va axborot vositalari faoliyatiga singdiriligan edi. Keyingi yillarda g‘ayriinsoniy va g‘ayrihuquqiy tartib-tutumlardan voz kechildi, lekin ayrim zamondoshlarimiz ongida “biz eng baxtiyormiz” singari havoyi shiorlar, ommaviy psixoz sindromi saqlanib qolgandek. G‘arbdagi ijtimoiy davlatlarda o‘rtacha ish haqi bir necha ming dollar, bizda esa kamtarona darajada. Bunday mehnat haqi bilan kishi o‘zini baxtiyor sezadimi? Farovonlik haqidagi va’zlarga ishonadimi?” Viktor Alimasov “Ijtimoiy davlat nima?” maqolasida jamiyatning maqsadi haqida fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.
“Siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan har qanday tashkilot, tuzilma mafkura jabhasiga e’tibor qaratishi tabiiydir. 1942-yilning avgust oyida tashkil qilingan Milliy Turkiston birligi qo‘mitasiga Vali Qayumxon rahbarlik qilgan. Mazkur mafkuraviy tuzilma Turkiston legionining siyosatini belgilab bergan. Qo‘mitaning 15 ta bo‘limi bo‘lib, ularda mintaqamizning ziyolilari, olim va ijodkorlari faoliyat yuritgan. Masalan, 25–30 kishidan iborat Milliy tashviqot bo‘limi askarlar orasida siyosiy mavzularda suhbatlar o‘tkazgan.” “Tarix saboqlari” ruknida “Turkiston legioni: haqiqat va uydirma” sarlavhali maqola e’lon qilingan. Unda legionchilarning tarkibi, maslag-u matlabi, xotimasi bilan tanishasiz.
Jurnalning keyingi sahifalaridan “Haqiqatga sadoqat”, “Taraqqiyot, qo‘rqaman sendan!..”, “Umrzoq mavzular”, “Aytmatov aytadiki”, “Eynshteyn ilhomlangan faylasuf”, “Xotirjamlik, qaydasan?..” maqolalari, “Osmon, varaqlaring bunchalar moviy!” she’riy turkumi, “Qo‘lda cho‘g‘ ushlab” suhbati, “Orzu bilan xayrlashuv” hamda “Burilish nuqtasida” mutolaalari, “Chaqirilmagan qo‘noq” mohiyat jilolari o‘rin olgan. Jurnalning talqin va tadqiqotlar ruknida “Zamon va mezon”, “Ham tabib, ham tarbiyachi”, “Ayol savodxon bo‘lsa”, “Po‘lat ot”lar siyosati” maqolalari e’lon qilingan.
Buyuk faylasuf Immanuil Kantning “Insoniylik bu – o‘zgalar taqdiriga xayrixohlik qobiliyatidir” hikmati “Hayotsevarlik – haqiqatsevarlik demak”da berilgan. Jurnalning ushbu soniga xulosa o‘rnida keltirmoqchi bo‘lganimiz: “Tafakkur”ni o‘qing, hayotsevar va haqiqatsevar bo‘ling!
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q