Madaniyat
Bugun Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Milliy kinematografiya — Yangi O‘zbekiston timsoli" nomi ostidagi milliy kino oyligi dasturida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi namoyish etildi.
Mazkur kinokartina “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent arxitektura qurilish instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.
Tadbirni institut prorektori Zafar Abduvaliyev ochib berdi va kinoijodkorlarni sahnaga taklif etdi. Ular filmni suratga olish jarayonlari haqida so‘zlashdi.
So‘ng “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi namoyish qilindi. Ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboyev, operator Ravshan Musayev, rassom Sanjar Aminov.
Kelgusida Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Said Ahmad, Muhammad Yusuf, Oybek va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyish etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Aynura Jumagalieva
12:01 / 01.01.1970
Bul hujjetli filmdi tamasha etip kormedim lekin mazmunin oqip kordim. Mazmunin jaginan jaqsi jazilgan tariyxiy haqiyqiy hujjetli filmge misal bola aladi dep ayta alaman,