Qashqadaryo hokimi 25 dekabrgacha ishchi-xodimlarning maoshi to‘lab berilishi bo‘yicha topshiriq berdi

Saqlash
02:07 / 14.12.2021 835 0

Qashqadaryo viloyati hokimi 25 dekabrgacha ishchi-xodimlarning maoshi tushirib berilishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriq berdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov hokimliklar, tashkilot va muassasalar hamda ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining joriy oy uchun ish haqlari, mukofot va rag‘batlantirish pullarini joriy yilning 25 dekabr kuniga qadar berish bo‘yicha viloyatdagi barcha rahbarlarga topshiriq berdi.

 

Biror soha qolmasligi kerak ish haqi bermagan. Prezidentimiz har daqiqani inson qadrini yuksaltirishga safarbar qilayotgan bir paytda hech bir fuqaroni uyida bayram tushkun kayfiyatda o‘tmasligi kerak. Ta’tilga chiqmasdan ishlagan xodimlarni ham qonun doirasida mukofotlash chorasini ko‘rish kerak, – degan hokim.

 

Shuningdek, viloyat hokimi har bir rahbar, tashabbuskor fuqaro va tadbirkor yon atrofidagi moddiy imkoniyati og‘ir oilalar holidan xabar olishi, kommunal sohalarda muammolar yuz bermasligi bo‘yicha ham topshiriq bergan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//