Qozogʻistonda non narxini 500 tengega koʻtarish taklif qilindi

Saqlash
22:23 / 26.04.2024 2565 0

Deputati Meyrambek Donenbayev qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxini oshirishni taklif qildi, deb xabar berdi Jambylinfo.

 

Maʼlum boʻlishicha, deputat non narxi juda arzonligini aytgan. Uning fikricha, oziq-ovqat bu narxga loyiq emas. Shuning uchun ham ziyofat zallarida qorni toʻygan odamlardan qolgan ovqatlar axlatga toʻkilmoqda. Odamlar sevib yeydigan nonning narxi 500 tenge boʻlishi kerak.

 

Bundan tashqari, deputat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlashning asosiy mexanizmi ham narxlarni oshirish ekanligini taʼkidlagan.

 

“Toʻgʻrisini aytsam, non narxi juda arzon. Oʻzim qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchisiman. Men ekkan bugʻdoy hozir 100 tengega ham tushmaydi. Shuning uchun nonning narxi kamida 500 tenge boʻlishi kerak. Shunda qishloq xoʻjaligimizning ahvoli yaxshilanadi. Odamlar bunga qodir. Chunki hozir chiqindixonalarda nondan boshqa narsa yoʻq. U yerlarga kolbasa va goʻsht mahsulotlari tashlanmaydi, chunki ular qimmat”, degan u.

 

Donenbayevning hamkasblari uning fikrga umuman qoʻshilmagan.

 

Maslihat deputati Baxitjan Qalimbetovning aytishicha, 500 tenge yuqori narx. Oʻzi subsidiya toʻlanadigan hududda non narxining 120 tenge boʻlishi ham hozirda xalq choʻntagiga ogʻirlik qilmoqda.

 

“Non narxini 500 tangaga oshirsak, xalqqa ogʻir boʻladi. 2 farzandli oilaga oson boʻlishi mumkin, ammo 5-6 bolani tarbiyalayotgan koʻp bolali oilalar uchun bu qiyin. Choʻntagiga katta yuk boʻladi”, — degan yana bir deputat Jumaxan Tankebaev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//