Jahon
Bangladeshda havo haroratining +42 darajaga koʻtarilishi sabab 33 million oʻquvchi taʼlim maskanlariga borolmayapti. Bu haqida BBC xabar berdi.
Xabarga koʻra, payshanba kuni Markaziy ob-havo maʼmuriyati bir oy davomida toʻrtinchi marta jazirama haqida ogohlantirgach, mamlakatdagi maktablar va kollejlar kamida 27-aprelgacha yopilgan. Bunday chora-tadbir oʻtgan yili ham, aynan jazirama sabab qoʻllangan edi.
Maʼlum boʻlishicha, boshida Filippin va Hindistondagi maktablarning yopilishiga sabab boʻlgan kuchli jazirama endilikda butun Osiyo mamlakatlariga taʼsir koʻrsatmoqda.
“Bangladeshdagi bolalar dunyodagi eng kambagʻallar qatoriga kiradi. Issiq harorat sabab maktablarning yopilishi barchamiz uchun signal qoʻngʻirogʻi boʻlishi kerak”, deydi Bangladeshlik bolalarni asrash tashkiloti direktori Shumon Sengupta.
Mamlakatda ayni vaqtda yomgʻir yogʻishi uchun musulmon aholi ommaviy ravishda duo qilish uchun masjidlar va qishloq dalalarida toʻplanishmoqda.
“Yomgʻirlar yoʻqligi tufayli hayot chidab boʻlmas holga keldi… Kambagʻal odamlar juda koʻp azob chekmoqda”, deydi mahalliy ulamolardan biri Muhammad Abu Yusuf.
UNICEF ham Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻylab 243 milliondan ortiq bola issiq harorat tufayli kasallik va oʻlim xavfi ostida ekanligi haqida ogohlantirgan
Tailand poytaxti Bangkok shahar rasmiylari ham bu hafta issiqlik indeksi “oʻta xavfli” darajaga yetishi haqida maʼlum qilgan.
Maʼlumotga koʻra, joriy yilning yanvaridan 17-apreliga qadar Tailandda 30 kishi issiq urishidan vafot etgan. Bu son esa oʻtgan 2023-yilning toʻliq davrida kuzatilgan holatlarga yaqin(37 kish).
Myanma chegarasida chorshanba kuni havo harorati 45 darajadan oshgani aytiladi.
Aprel boshida Filippindagi 47 mingga yaqin maktablar ham haddan tashqari issiqlik tufayli darslarni toʻxtatgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q