Andijonda targ‘ibotchilar uchun o‘quv seminari boshlandi

Saqlash
23:22 / 13.12.2021 962 0

Avval xabar berganimizdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tgan edi.

 

Unda qisqa muddat ichida respublikada faoliyat yuritayotgan o‘n mingdan ortiq ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun seminar-treninglar tashkillashtirilishi ko‘zga tutilgandi.

 

Shu maqsadda bugun, 13-dekabrdan boshlab Andijon viloyatida shahar-tumanlardan kelgan  ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun o‘quv seminari boshlandi.

Mazkur o‘quv seminarlari malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Jumladan, Andijon Davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi tayanch doktoranti O.Qodirova, Pedagogika instituti dekani, pedagogika fanlari bӯyicha falsafa fanlari doktori D. Samatov tomonidan targ‘ibotchilarga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//