Xitoylik rahbar agar xodim yomon kayfiyatda boʻlsa, ishga kelmasligiga ruxsat berdi

Saqlash
16:59 / 25.04.2024 1890 0

Xitoyda supermarketlar asoschisi Yuy Dunglay oʻz xodimlariga kayfiyati yomon boʻlsa, ishga kelmaslikka ruxsat berdi, deb yozadi Asia One.

 

Xabarga koʻra, kayfiyati yomon boʻlgan xodimlar 10 kun dam olishi mumkin. Bu kunlarda hech kim ularni ishga jalb qilmaydi.

 

“Har kimning baxtsiz boʻlgan paytlari boʻladi. Shuning uchun baxtsiz boʻlsangiz, ishga kelmang, — degan Yuy Dunglay qoʻl ostidagilarga.

 

Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, uning kompaniyasi bundan faqat foyda koʻradi, chunki kayfiyati yomon odamning muayyan vazifani bajarmaslik yoki rejani buzish ehtimoli koʻproq boʻladi.

 

Umuman olganda, Dunglay tomonidan boshqariladigan korxona ishdan koʻra xodimlarni oʻylashi bilan Xitoyda mashhur. Har doim odamlarni ishdan oldin birinchi oʻringa qoʻyishi bilan mashhur. Yaqinda xodimlarning taʼtili jami 40 kunga oshirilgani bunga yaqqol misol.

 

“Biz gigant boʻlishni xohlamaymiz. Biz xodimlarimiz sogʻlom va osoyishta hayot kechirishlarini istaymiz, shunda kompaniya ham bunga ega boʻladi”, — deya qoʻshimcha qilgan u.

 

 

Yuy Dunglay oʻtgan yili mamlakatda xodimlarni uzoq vaqt ishlatadigan rahbarlarni qoralagan edi.

 

“Xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlashga majburlash axloqsizlikdir. Bu boshqa odamlarning oʻsish imkoniyatlaridan mahrum qilish hisoblanadi”, degan edi u oʻshanda.

 

Maʼlumot uchun, Yuy Dunglay oʻz kompaniyasiga 1995-yilda asos solgan. Hozirda Xenan viloyatida uning 30 dan ortiq savdo nuqtalari bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//