Rossiyada mehnat muhojirlaridan olinadigan rus tili imtihoniga oʻzgartirish kiritilishi mumkin

Saqlash
20:17 / 18.04.2024 1671 0

Xabarga koʻra, 1-maydan boshlab tijorat tashkilotlari migrantlar uchun rus tili imtihonini tashkil etolmaydi. Bu haqda 18-aprel kuni Rossiya Taʼlim va fan vaziri maʼlum qilgan.

 

“2024-yil 1-maygacha tijorat hamkorlariga quyidagi tartiblardan chiqarib tashlansin: endi ularga imtihon topshirish va sertifikatlar berish ustida ishlashga ruxsat berilmaydi”, – deya uning soʻzlaridan iqtibos keltiradi boshqarma matbuot xizmati.

 

Xabarda yozilishicha, kelgusida Federatsiyaning har bir mintaqasida til boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish uchun masʼul universitetlar tashkil etiladi.

 

Vazir, shuningdek, imtihonni tashkil etish va sertifikat berish tartibi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha topshiriq bergan.

 

 

“Taʼkidlaymanki, imtihon oʻtkazish va sertifikatlar berish uchun bevosita shaxsiy javobgarlik sizning zimmangizda”, — degan vazir rektorlarga qilgan murojaatida.

 

Bundan tashqari, endi mehnat muhojirlari til imtihonida nutq boʻyicha ham tekshiriladi.

 

Qayd etilishicha, mehnat muhojirlari uchun ogʻzaki imtihonni joriy etish uchun rus tilidan test topshirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish zarur.

 

Taʼkidlash lozim, mutasaddilar bunday imtihon Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ijtimoiy-madaniy va lingvistik moslashuvi mexanizmlaridan biri boʻlishiga umid qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//