Qalin qor yogʻganligi tufayli «Taxtaqoracha» dovoni vaqtincha yopildi

Saqlash
15:05 / 13.12.2021 761 0

Bugun 13-dekabr kuni soat 14:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining «Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqida FVV axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd qilinishicha, buning asosiy sababi M-39 avtomobil yoʻlining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yoʻlning yuza qismida muzlamalar hosil boʻlganligi.

 

«Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda «Taxtaqoracha» dovonini qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda FVV Matbuot xizmati qoʻshimcha maʼlumot taqdim etadi», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//