Jamiyat
Prezident farmoni loyihasida ish haftasining turidan qatʼi nazar, barcha xodimlarga 2022-yil 3 va 4-yanvar kunlarini dam olish kuni sifatida belgilash nazarda tutilmoqda.
“2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, unda 2022-yil 3-yanvar — dushanba, 4-yanvar — seshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanishi koʻzda tutilmoqda.
Farmon qabul qilinsa, oʻzbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31-dekabrdan 4-yanvargacha) dam oladi.
Xususan:
2021-yil 31-dekabr (juma) – 2021-yil 10-maydagi PF-6222-sonli Prezident farmoniga asosan qoʻshimcha dam olish kuni;
2022-yil 1-yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga koʻra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);
2022-yil 2-yanvar — yakshanba dam olish kuni;
2022-yil 3-yanvar (dushanba) va 4-yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qoʻshimcha dam olish kuni.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q