Jahon
Moskva hukumati musulmonlarga Hayit namozini uyda oʻqishni tavsiya qildi, deb xabar berdi Gazeta.ru.
Maʼlum boʻlishicha, Moskva shahar milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti poytaxt hukumatiga maktub yoʻllab, musulmonlarga Hayit bayrami fonida shaharda amal qiladigan cheklovlar haqida maʼlumot berishni soʻragan.
Departament soʻrovida, shuningdek, Moskva shahrida musulmon migrantlarning ish beruvchilariga oʻz ishchilarini bu maʼlumotdan xabardor qilish talabi qoʻyilgan.
Markaziy Osiyodan kelayotgan muhojirlarga esa alohida eʼtibor qaratish kerakligi aytilgan.
Oʻtgan yili poytaxt boʻylab oltita, jumladan, toʻrtta masjid va ochiq joylarda Hayit namozi oʻqilgan edi. Bu yil esa munosabat oʻzgargan. Rasmiylar ibodatlarni shaxsiy joylarda oʻtkazishni talab qilmoqda. Xabarga koʻra, bu yaqinda sodir boʻlgan terakt bilan bogʻliq vaziyat.
Maʼlumot uchun, bayram formatini oʻzgartirishning rasmiy sababi hali eʼlon qilinmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q