Jamiyat
Daliyev Shohrux Hojiakbarovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Mahkamov Otabek Muxtorovich vazir oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bungacha Daliyev Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ilm-fan masalalariga masʼul departament va kotibiyatlarida oʻrta maxsus, professional taʼlim, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy taʼlim ilm-fanini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mahkamov esa Prezident Administratsiyasida masʼul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.

Maʼlumot uchun, lavozimdan ozod etilgan birinchi oʻrinbosar Karimov Komiljon Hamidovich Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori etib tayinlandi.

Vazirning sobiq oʻrinbosari Turdiqulova Shahloxon Oʻtkirovna esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti boʻldi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q