Jamiyat
Kecha, 3-aprel kuni, soat taxminan 17:00 larda Qozogʻistonning Oqtobe viloyatiga qarashli Algin tumanidan oʻtuvchi “Samara-Shimkent” avtomobil yoʻlining 678 km. da “Toyota-Alhpard” rusumli yengil hamda “Volvo” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
FVVning maʼlum qilishicha, avtohalokat natijasida “Toyota-Alhpard” rusumli avtomobilda boʻlgan jami 8 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali Vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini oʻtkazish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha topshiriq bergan.
Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼullari Qozogʻistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q