Prezident maktabi oʻquvchisi Garvard universitetiga qabul qilindi

Saqlash
14:30 / 03.04.2024 1415 0

Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan oʻqishga qabul qilindi, deb xabar berdi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi.

 

 

Xabarga koʻra, Abdulaziz AQShning bakalavriat kollejlari orasida 11-oʻrinni egallaydigan Grinnell kollejining 300,000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qoʻlga kiritgan.

 

Maʼlumot uchun, oʻquvchi IELTSdan 8,5 ball hamda SATdan 1560 ball olgan.

 

“Vice-head of the United students” vitse-prezidenti hamda “PSAD” klubi asoschilaridan biri boʻlgan Abdulazizga grant ajratgan Garvard universitetida Jon Kennedi, Jorj Bush, Barak Obama, Bill Geyts, Mark Sukerberg, Robert Oppengeymer, Teodor Ruzvelt, Benazir Bhutto singari mashhur shaxslar tahsil olgan.

 

Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Zulfiya Shomurotovaga ham xorijning 8 ta universiteti taʼlim granti ajratadi.

 

 

Xabarga koʻra, bugungacha Zulfiya Shomurotovaga xalqaro universitetlar jami hisobda — 582 000 AQSh dollar miqdorida grantlar ajratgan.

 

Quyida mazkur universitetlarning roʻyxati keltirilgan:

◾️ Wingate University – $ 122 000;

◾️ University of Arizona – $ 32 000;

◾️ Caldwyell University – $ 98 000;

◾️ Whitworth University – $ 88 000;

◾️ Barry University – $ 72 000;

◾️ Wilkes University – $ 106 000;

◾️ Temple University – $ 56 000;

◾️ Minnesota University – $8 000.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//