Toshkentda avtobus va metropolitenda yo‘lkira narxi oshadi

Saqlash
14:01 / 13.12.2021 926 0

1-yanvardan Toshkentda avtobus va metropolitenda yo‘lkira narxi oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining “Yangi tariflar joriy qilinishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lkirani naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshirishda 1 700 so‘m, bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun  3000 so‘m etib belgilash rejalashtirilmoqda.

Qarorda keltirilishicha, yo‘lkira haqi yig‘ilishida shaffoflikning ta’minlanishi shahar jamoat transportida naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar soni kamayishi evaziga transport kartalaridan foydalanuvchilarning soni va ulardan tushadigan mablag‘larning keskin o‘sishiga, ular tomonidan cheklangan tariflar asosida ko‘riladigan zararlar miqdorining kamayishiga olib keladi.

2022-yilda yangi tariflarning joriy etilishi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga binoan, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari hamda “Toshkent metropoliteni” UKning kutilayotgan umumiy zarari miqdori kamayishi evaziga shahar mahalliy byudjetida 128-130 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar tejalishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//