18 mingta Labo 2 soatda sotilib ketdi

Saqlash
15:09 / 29.03.2024 2154 0

Xabaringiz bir, bugun, 29-mart kuni, soat 10:00 da 18 mingta Labo uchun eski narxda shartnomalar qabul qilish ochishi lozim edi. Oradan 2 soat oʻtmasdan, UzAuto Motors barcha Labo'lar uchun shartnomalar tuzilib boʻlingani haqida xabar berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, shartnoma qabul qilish boshlanganidan 20 minut oʻtib 10 mingta Labo sotilib ketgan.

 

11:56 holatiga koʻra esa, qolgan 8 mingta ham onlayn bozorda oʻz egalarini topgan.

 

 

“Tuzilgan shartnomalarning 99%i One ID tizimida roʻyxatdan oʻtgan va 1 ta dan koʻp boʻlmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga toʻgʻri keladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//