Labo uchun onlayn shartnomalar qabul qilish boshlandi

Saqlash
20:33 / 28.03.2024 4166 0

Maʼlum boʻlishicha, UzAuto Motors kompaniyasi bozorda ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda, 2024-yilning 2-yarmi uchun avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirgan.

 

“Ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bundan oldingi kontraktatsiyada xaridorlar tomonidan toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi 2024-yil uchun kontraktatsiyaga avtomobillar qoʻshimcha hajmini chiqarish imkonini berdi. Shu munosabat bilan 29-mart 10:00 da Labo avtomobillarining 18 000 dona hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.", deyiladi xabarda.

 

Xabarga koʻra, ushbu rusumdagi avtomobil narx oʻzgarishsiz qoladi.

 

Kompaniyaning, shuningdek, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkinligini eslatib oʻtadi.

 

Ammo UzAutoSavdo ilovasi va Telegram-bot orqali shartnoma qabul qilinmaydi. Ular faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida maʼlumotni taqdim etadi.

 

Avtomobilni onlayn xarid qilish boʻyicha mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim boʻladi:

▫️ OneID tizimida roʻyxatdan oʻtish;

▫️ savdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirish;

▫️ One ID tizimidagi login/parol yordamida saytga kirishda roʻyxatdan oʻtish;

▫️ Avtomobil modeli, ranggi va komplektatsiyasi hamda maʼqul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//