Jamiyat
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishini bekor qildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatining avvalgi hokimi Davron Hidoyatov 2021-yilning 3-noyabrida yuqoridagi binolar qurilishi haqida farmoyishga imzo chekkan. Zoir Mirzayev farmoyishni bekor qiluvchi hujjatni tasdiqladi.
Qayd etilishicha, bekor qilingan loyihalar uchun ajratilgan 34 milliard 400 million soʻm mablagʻ viloyat mahalliy byudjetiga tiklanadi. Nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini taʼmirlash uchun viloyat “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga oʻtkazib berish maqsadida 1 milliard 650 ming soʻm ajratiladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109701
Jamiyat
94087
Jamiyat
89868
Jamiyat
73036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q