Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda keyingi oydan gaz narxining koʻtarilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ularga koʻra, Toshkentdagi ayrim gaz toʻldirish shoxobchalarida 1-apreldan metan gaz narxi oshishi haqida eʼlonlar paydo boʻlgan. Eʼlonda 1 metr kub gaz narxi 3800 soʻm boʻlishi maʼlum qilingan.
Aslida ham 1-apreldan metan-shoxobchalarda cheklangan narxning amal qilish davri rasman tugaydi. Bu esa yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni qisman tasdiqlab turibdi.
2023-yil sentyabr oyida qabul qilingan hukumat qaroriga asosan, 6 oy davomida gaz toʻldirish shoxobchalarida metan narxi 3250 soʻmdan oshib ketmasligini taʼminlash maqsad qilingan edi. Mart oyi ana shu belgilangan muddatning 6-oyi hisoblanadi. 1-apreldan esa belgilangan davr tugaydi. Metanning chakana narxi oshish ehtimoli katta. Sababi, endi narxlarni bir maromda ushlab turishga asos yoʻq.
Jumladan, Energetika vazirligi matbuot xizmati “vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlar tadbirkorlarning narxni oshirish yoki oshirmaslik haqidagi qaroriga aralasha olmasligini” maʼlum qilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati esa “avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalaridagi narxlar davlat tomonidan tartibga solinmasligi, narxni tadbirkorlarning oʻzlari mustaqil belgilashi”ni tasdiqlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q