Jamiyat
Oyina.uzda Yoshlar ittifoqi tashkil qilgan “Yoshlar shaxmat taxtasi” ochiq turnirining finali oʻtkazilmayotgani haqida “Ikki yildan buyon kutilayotgan final — Yoshlar ittifoqi oʻzi tashkil qilgan turnirni unutdimi?” sarlavhali material eʼlon qilingan edi.
Shundan soʻng bugun Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining rasmiy telegram kanalida turnir finali 2022-yilning mart oyida oʻtkazilishi maʼlum qilindi.
“2020-yilda ushbu turnirning Respublika final bosqichi pandemiya davriga toʻgʻri kelib qolganligi sababli qoldirilgan edi. «Yoshlar shaxmat taxtasi” ochiq turnirining Respublika final bosqichi 2022-yilning mart oyida “Navroʻz” umumxalq bayrami arafasida oʻtkazilishi rejalashtirilganini maʼlum qilamiz», deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, finalda Respublika boʻylab soʻngi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 168 nafar oʻgʻil-qizlar ishtirok etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q