Jahon
Mutaxassislar COVID-19ga qarshi immunitetning pasayish muddatlari hamda kasallikni boshdan oʻtkazgandan bir yil oʻtib, qayta kasallanish ehtimoli qay darajada ekanligi haqida maʼlumot berishdi.
Isroil Sogʻliqni saqlash vazirligining statistikasi yordamida Texnologik institut tadqiqotchilari kasallikni boshdan oʻtkazgan va toʻliq vaksinatsiya kursini oʻtganlarda koronavirus bilan kasallanish ehtimolini tahlil qilib chiqishdi. Tadqiqotda emlanmagan yoki qisman emlangan shaxslar ham ishtirok etishdi.
Tadqiqotda uchun joriy yilning 1-avgustidan 30-sentyabrigacha COVID-19 bilan kasallanganlik saralash mezoni boʻlib xizmat qilgan va unda 5,7 mln kishi qatnashgan.
Natijalarga koʻra, kasallikni boshidan oʻtkazib, keyin toʻliq vaksinatsiya kursini oʻtgan bemorlarda gibrid immunitet paydo boʻlganligi aniqlangan. Ularda organizmni yaxshiroq va samaraliroq himoya qiladigan yuqori darajadagi antitanachalar ishlab chiqarilgan. Ushbu guruh faqat sunʼiy yoki faqat tabiiy immunitet hosil boʻlgan shaxslarga nisbatan koronavirusdan yaxshiroq himoyalangan.
Emlanmaganlar guruhida kasallik yuqtirganidan 365 kun oʻtganidan keyin qayta kasallanganlar ulushi 100 ming kishiga 30 ta holatni tashkil etdi. Emlangan, ammo kasallikni boshidan oʻtkazmagan bemorlar orasida infeksiyani qayta yuqtirish holati yuqoriroq — birinchi marta kasallangandan bir yil oʻtganidan keyin 90 ta bemorga toʻgʻri kelgan.
Kasallangandan keyin faqat 1 doza vaksina bilan emlanganlar kamroq kasallanishdi, yaʼni faqat 12 ta holat aniqlangan. Gibridli immunitetga ega odamlarda kasallik asoratlari yuzaga kelish ehtimoli 100 ming kishiga 0,5 tani tashkil etdi. Boshqa uch guruhda esa asoratlar ehtimoli yuqoriroq boʻlib chiqdi.
Tadqiqotchilarning taxminicha, gibridli va tabiiy immunitet sunʼiysiga qaraganda uzoqroq saqlanib qoladi.
Emlangan, ammo kasallikni boshidan oʻtkazmagan bemorlarga revaksinatsiya koronavirusning ogʻir shakllaridan himoyalanish imkonini yaratadi. Preparatning hatto buster dozasi ham immun himoyasini oshirishga yordam beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q