Jamiyat
Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida 9-dekabr kuni oʻzbekistonliklar boʻlgan avtobus “KamAZ”ga toʻqnashdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd qilinishicha, Agentligining Samara shahridagi vakolatxonasi ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilot vakillari bilan aloqa oʻrnatdi.
Maʼlum boʻlishicha, yoʻl transport hodisasi vaqtida avtobusda ketayotgan 22 yoʻlovchining 13 nafari Rossiyaga mustaqil ravishda ishga borgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan. Avtohalokat oqibatida tan jarohati olgani sababli 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Nijniy-Novgorod viloyati M.Vladimirskiy nomidagi shahar tez tibbiy yordam kasalxonasiga yotqizilgan.
Ushbu avtohalokat oqibatida tan jarohati olgan yurtdoshlarimizning ahvoli qoniqarli boʻlgani sababli tegishli tibbiy xizmat koʻrsatilgandan soʻng, shu kunning oʻzida ularga kasalxonadan javob berilgan.
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
109751
Jamiyat
94128
Jamiyat
89917
Jamiyat
73119
Jamiyat
//
Izoh yo‘q