Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, voqea 26-fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida sodir boʻlgan.
Videoda yigʻilgan “olomon” bir shaxsni tepib, hushidan ketkizgan. Hozirda uning ahvoli qandayligi nomaʼlum.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbarining maʼlum qilishicha, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olingan. Hozirda hududiy IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Natijasi boʻyicha qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi va jamoatchilikka axborot beriladi”, – deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Shaxboz Ubaydullayev
16:02 / 28.02.2024
Molga qizil rang yoqmasligini bilar edim. Lekin yoqilg'i quyish shaxobchasida qizil kurtka kiygan bolaga qarab yugurib, tutib olgan joyda "Ilonning boshini yanchgancha" inson bolasining boshini "Quturgan mollar podasi" tepalab tashlagani insoniylik chegaralaridan chiqish hisoblanadi. Biz insonora jamiyatida, fuqarolik jamiyatida yashayapmizmi yoki olamon ichidami?! Qachon xalq bo'lamiz – "Olamon!" Jabrlanuvchining boshini shavqatsizlarcha tepib, oyoqlari osti bilan bir necha bor bosib tashlagan shaxslarga (Uzr, shaxslar emas) jinoyatchilarga hech qanday imtiyozlarsiz, shavqatsizlarcha qonuniy jazo ko'rilishini bir fuqaro sifatida talab qilaman! Madaniyatshunoslik ta'lim yo'nalishi magistranti: Shaxboz Ubaydullayev