Jamiyat
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan “Xalqlar doʻstligi” maydonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda oʻtkazgan “Mening farzandim – Oʻzbekiston faxri” aksiyasi doirasida Toshkent shahridan 5 nafar faol, intiluvchan gʻolib yoshlar hamda ota-onalari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Tanlovda quyidagi yoshlar va ularning ota-onalari taqdirlandi:
1. Gulruhbonu Shokirova — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi. Vashington shahrida boʻlib oʻtgan amaliyotda oʻz salohiyatini koʻrsatib, Oʻzbekistonning AQSHdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov tomonidan “Oʻzbekiston-Amerika aloqalari oʻrnatilganining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda “Kelajak bunyodkori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Onasi: Malika Shokirova.
2. Xadicha Imamnazarova — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabasi. “Opera ijrochiligi” yoʻnalishida “Nihol” davlat mukofoti sovrindori. Onasi: Mavjuda Imamnazarova.
3. Abdumalik Xalakov — Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi. Jahon chempionati kumush medali sohibi, ikki karra Oʻzbekiston chempioni hamda Osiyo chempioni. Onasi: Nigora Yakubova.
4. Abbosjon Shuhratov — 110-IDUMning 11-G sinf oʻquvchisi. Onlayn olimpiadada 1-oʻrin, informatikadan xalqaro “Babyor” olimpiadasida 1-oʻrin sohibi, “Online Maktab Uzbekistan” ilovasi va “Colours” oʻyini muallifi. Onasi: Feruza Salimova.
5. Dilsora Nazarova — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi. Erishgan yutuqlari: “Eng yaxshi nafis dizayn” respublika tanlovi, “UzcharmStyle” koʻrik-tanlovi gʻolibi. Onasi: Lola Nazarova.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q