Jahon
Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov kecha Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markazidan oilasi bagʻriga qaytgan.
Azon Global axborot-tahliliy portali asoschisi 2023-yilning 28-dekabr kuni Turkiya politsiyasi tomonidan oʻzi yashab turgan uyidan olib ketilgan edi.
“Azon Global” axborot tahliliy portali ham dastlab qandaydir anglashilmovchilik boʻlgani sabab tashvishlanish shart emasligini maʼlum qilgan, biroq keyinchalik vaziyat jiddiy tus olgan edi.
“Dastlabki surishtiruvlarda, tabiiyki, Ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblov oʻz isbotini topmadi. Qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga oʻtkazilgan domlani oradan shuncha kun oʻtib ham tutib turishgani tushunarsiz boʻlib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir boʻlgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlashgan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar koʻrilmoqda”, – deyilgan edi 9-yanvar kuni berilgan munosabatda.
Endilikda taniqli bloger oilasi bagʻriga qaytgan.
“Bugun 21 fevral kuni vatandoshimiz deportatsiya markazidan oilasi bagʻriga qaytganini maʼlum qilamiz”, – deyiladi Istanbul Bosh konsulxonasi xabarida.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109694
          Jamiyat
             94078
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73015
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q