Jahon
Visual Capitalist nashri eng koʻp goʻsht yeydigan davlatlar roʻyxatini tuzdi.
2023-yil uchun tuzilgan roʻyxat mol, qoʻy, parranda, choʻchqa va boshqa yovvoyi hayvonlar goʻshti, shuningdek, dengiz mahsulotlari boʻyicha boʻlib, butun dunyo mamlakatlari kiritilgan.
Tadqiqotda parranda goʻshti eng koʻp isteʼmol qilinadigan goʻsht deb taʼriflanadi va St. Vinsent va Grenadin orollari, Trinidad va Tobago, Samoa, Isroil davlatida yashovchilar eng koʻp tovuq goʻshtini isteʼmol qiluvchilar hisoblanadi. Bu davlatlarda har bir fuqaro yiliga oʻrtacha 60 kg tovuq goʻshti yeydi. Shu oʻrinda, oʻzbekistonlik fuqaro yiliga 3 kg. dan sal koʻproq tovuq goʻshti isteʼmol qiladi.(3,1 kg).
Keyingi oʻrinda baliq goʻshti boʻlib, bu boʻyicha Irlandiya, Maldiv orollari, Makao, Kiribati hamda Gang Kong birinchi oʻrinlarda. Bu yerda oʻrtacha baliq goʻshti yeyish yiliga 75-80 kg (har bir kishi uchun). Oʻzbekistonda esa bu yiliga har bir odam uchun – 4 kg.
Mol goʻshtini koʻp isteʼmol qiladigan davlatlar orasida Argentina, Zimbabve, AQSH, Avstraliya peshqadam. Ularda yillik oʻrtacha isteʼmol har bir kishi uchun – 40 kg. Oʻzbekistonda – 31,6 kg.
Qoʻy goʻshti isteʼmolida Mongoliya yaqqol peshqadam. Bu davlatda har bir kishi yiliga 81,4 kg. qoʻy goʻshti yeydi. Qozogʻistonda bu miqdor 15,9 kg. Oʻzbekistonda esa – 6,1 kg.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q