Jahon
Qozogʻistonliklarga Covid-19 hamda qizamiqdan himoyalanish uchun niqob va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi vositalar olib yurish tavsiya etilmoqda. Bu boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori joriy yil 8-fevralda qaror qabul qilgan.
Qarordan maqsad havo tomchilari orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar, jumladan, qizamiq, COVID-19 koronavirus infeksiyasi, gripp va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalar tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktika choralarini kuchaytirishdir.
Hujjatga koʻra, endi respublika sogʻliqni saqlash muassasalarida niqob taqish tartibi joriy etiladi. Ushbu turdagi tashkilot rahbarlari tibbiyot muassasalarida xodimlar va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqoblardan foydalanishini, shuningdek, antiseptik vositalar mavjudligini taʼminlashi shart.
Bundan tashqari, qonunda fuqaroga aholi gavjum joylarda, jamoat transportlarida tibbiy yoki mato niqoblaridan foydalanish tavsiya etilgan.
“Mazkur qaror imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”, – deyiladi xabarda.
Aslida 7-fevral kuni boʻlib oʻtgan Davlat Parlament Majlisidayoq COVID-19 sababli majburiy niqob taqish rejimi joriy qilingan. Xabarlarga koʻra, Parlament raisi hamda prezident maslahatchisi allaqachon koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.
Aynan shu kundan boshlab Parlamentdagi tadbirlar vaqtida jurnalistlarga ham tibbiy niqobda boʻlish kerakligi aytilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q