Endi xodimning ishdan tashqari vaqtida rahbari telefon qilsa, jarimaga tortiladi

Saqlash
16:50 / 08.02.2024 409 0

Xabarga koʻra, xodim ishdan tashqari xoʻjayini tomonidan bezovta qilinishi taqiqlanadi. Agar rahbar tartibni buzsa, maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Bundan maqsad – xodimning huquqini himoyalash.

 

Avstraliya qonunchiligiga kiritilayotgan mazkur oʻzgartishlar allaqachon Fransiya, Ispaniya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida mavjud.

 

Qonun loyihasi xodimlarga ish vaqtidan tashqari asossiz aloqalarni rad etish huquqini beradi. Shuningdek, ish vaqtidan tashqari majburiy mehnatga majburlashning ham oldini oladi.

 

“Biz kuniga 24 soat uchun maosh olmaydigan odam doim onlayn boʻlmasa va kuniga 24 soat ishlamasa, jazolanmaslikka haqqi bor demoqchimiz”, — deya izoh beradi Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albenizi.

 

Ammo mazkur qonun loyihasiga qarshi chiquvchilar ham bor. Masalan, baʼzi siyosatchilar hamda ish beruvchi va korporativ liderlar bunday huquq moslashuvchan ishlash rejimiga oʻtishga xalal berishi, raqobatbardoshlikka taʼsir qilishi mumkin degan fikrda.

 

Maʼlumot uchun, avstraliyaliklar har yili 6 hafta ortiqcha mehnat qilishadi. Bu butun iqtisodiyot boʻyicha toʻlanmagan ish haqining 60,13 mlrd dollardan koʻprogʻiga teng.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//