Pedofillarni umrbod muddatga qamash taklif qilindi

Saqlash
15:11 / 01.02.2024 437 0

Qo‘shni Qozog‘istonda qonun loyihalariga o‘zgartishlar kiritish jarayonida shu mazmundagi taklif ham o‘rtaga tashlangan.

 

Xabarga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini ko‘rib chiqish va jazolash tartibi maʼmuriy kodeksdan jinoyat kodeksiga o‘tkazilmoqda.

 

Qozog‘istonda Parlamentning ijtimoiy-madaniy rivojlanish qo‘mitasi raisi Asxat Ayamagambetovning aytishicha, keyingi tuzatishlar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosiga taalluqlidir.

 

Shuningdek, hujjatlarda oiladagi zo‘ravonlik uchun jazo berish tartibini kuchaytirish ham nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, yig‘ilishda bolalar turar joy muassasalarini oldindan ogohlantirmasdan turib, istalgan vaqtda tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berish ham taklif etilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, hozirda pedofillar 15 yildan 20 yilgacha afv etish yoki shartli ravishda ozod qilish huquqisiz, qattiq rejimdagi qamoq bilan jazolanishadi. Bundan tashqari, ularga kimyoviy kastratsiya ham tayinlanishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//