Jahon
Fransuz iqlim faollari Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadigan Leonardo da Vinchining “Mona Liza” asariga sho‘rva to‘kib, butun jamoatchilik eʼtiborini o‘zlariga qaratishgan. Bu haqida rg.ru, AFPga tayanib, xabar tarqatdi.
Unda aytilishicha, to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish tarafdori bo‘lgan namoyishchilar yakshanba kuni ertalab mazkur ishga qo‘l urishgan.
Maʼlumot uchun, “Mona Liza”ga 2022-yil may oyida atrof-muhit faollari ham hujum qilishgan edi. O‘shanda nogironlar aravachasida bo‘lgan, keksa ayoldek kiyinib bo‘yangan, parik kiygan erkak ushbu sanʼat asariga tort uloqtirgan. Shundan so‘ng, yig‘ilganlarga qarab: "Sayyorani o‘yla!" – deya xitob qilgan. Keyin u suratning himoya oynasini ham sindirmoqchi bo‘lgan, biroq uddasidan chiqa olmagan.
Leonardo da Vinchining ushbu asari dunyodagi eng qimmatli rasm hisoblanadi. Hozirda uning qiymati 1 milliard dollarga baholanmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
111124
Jamiyat
94526
Jamiyat
90472
Jamiyat
74599
Jamiyat
//
Izoh yo‘q