Jahon
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga zo‘rlash bo‘yicha da’vo muddatini bekor qiluvchi, shuningdek, tomonlarning yarashuvi ortidan zo‘rlashga oid ishlarni yopishni taqiqlovchi o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Jinsiy daxlsizlikka oid jinoyatlarning oldini olish vositasi sifatida qonunchilikdagi sodir etilgan jinoyat uchun jazodan qutulib qolish imkonini beruvchi bo‘shliqlarni bartaraf etish taklif etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi zo‘rlashda ayblanayotgan shaxslar garov evaziga yoki probatsiya nazorati ostida qo‘yib yuborilmaydi. Bu qoidalar jabrlanuvchilarning huquq-tartibot tizimiga bo‘lgan ishonchini susaytirdi, deya qo‘shimcha qilingan hisobotda.
Qonun loyihasi mualliflari Qirg‘iziston parlamentining 35 nafar deputati hisoblanadi. Hujjatni asoslashda ular mamlakatdagi jinoyat qonunchiligi sababli “zo‘rlash qurbonlariga jazoni talab qilishdan ko‘ra, sodir etilgan jinoyat haqida sukut saqlash qulayroq” ekanini ta’kidlagan.
Ma’lumotda, shuningdek, ayollarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar soni yil sayin ortib borayotgani, huquq-tartibot idoralari esa “bunday jinoiy ishlarni tergov qilishga tayyor emasligi” qayd etilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q